Shahram Gʻiyosov yengilmas bokschiga qarshi ikkita kamar uchun ringga koʻtariladi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempion Jaron Ennisga oʻz kamarini Shahram Gʻiyosovdan himoya qilishi kerakligi borasida buyruq berdi. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) oʻzbekistonlik professional bokschi Shahram Gʻiyosov va amerikalik IBF, WBA va The Ring kamarlari sohibi Jaron Ennis oʻrtasidagi jang oʻtkazilishi boʻyicha buyruq bergan.
WBA tashkilot qoidalariga binoan 27 yoshli Ennis 12-aprel kuni Stanionisni magʻlubiyatga uchratganidan keyin 120 kun ichida oʻz kamarlarini Shahram Gʻiyosovdan himoya qilishi kerak boʻladi.
Maʼlumot uchun, joriy yilning 12-aprel kuni Ennis Stanionisni magʻlubiyatga uchratib, 5-marta IBF kamarini himoya qildi hamda WBA kamariga ham ega chiqqandi.
Jaron Ennis ayni paytda WBA va IBF kamarlari sohibi hisoblanadi. U soʻnggi jangida litvalik Eymantas Stanionisni muddatidan avval magʻlubiyatga uchratgan edi. Shahram Gʻiyosov esa 13-aprel tongida AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik Siti shahrida oʻtgan professional boks oqshomida argentinalik Franko Maksimiliano Okamponi toʻrtinchi raundda texnik nokautga uchratgan.
Jaron Ennis profboksda 34-0 rekordga ega. Janglarining 30 tasida raqiblarini muddatidan avval magʻlub etgan. 31 yoshli Gʻiyosov esa profboksda 17-0 rekord sohibi hisoblanib, janglarining 10 tasida raqiblarini nokaut orqali taslim qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring