Samarqandda “Cultural night” madaniy tadbiri oʻtkazildi
18-oktabr kuni “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasidagi “Boqiy shahar”da “Cultural night” madaniy tadbiri oʻtkazildi. Tadbir Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi yubiley 25-sessiyasining eng yorqin voqealaridan biriga aylandi.
Maʻlumot uchun, “Cultural night” Oʻzbekiston hukumati tashabbusi bilan UNWTO Bosh Assambleyasi doirasida ilk bor tashkil etilayotgan madaniy kechadir. Tadbir etnik anʻanalar va liboslar namoyishini oʻz ichiga oladi va tadbir tashkilotchilari hamda ishtirokchilar namuna sifatida milliy kiyimlardan foydalanadilar.
Madaniy tadbirda 140 ta davlatdan delegatlar, turizm vazirlari va maʻmuriyatlari rahbarlari, xalqaro va mahalliy tashkilotlar, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Madaniy kecha doirasida milliy folklor ansamblining chiqishlari, gala-konsert, mehmonlar, raqqosalar ishtirokida “Boqiy shahar” boʻylab sayohat, hunarmandchilik yarmarkasi va Oʻzbekiston viloyatlarining anʻanaviy sanʻat namoyishlari kabi tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Anʻanaviy gala-konsert yakunida rang-barang dron-shou va bayramona salyutlar majmua osmonini yoritdi.
Taʻkidlash joizki, “Cultural night” madaniy tadbiri ishtirokchilarda yorqin taassurot qoldirdi. Bu kabi tadbirlar mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi turizm imijini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring