Salkam 76 million soʻmlik tamaki mahsulotlari musodara qilindi

17:43 12 Iyul 2024 Jamiyat
293 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlanganini maʼlum qildi.

Departament Yangiyer shahar boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda qonunga xilof ravishda tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.A. va Sh.B. fuqaro M.X.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 1 390 quti “Esse change” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini 38,9 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Pop tuman boʻlimi tomonidan YHXB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Toshkent—Vodiy” yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan “Lacetti” rusumli avtotransport vositasida fuqaro A.A. xorijda ishlab chiqarilgan umumiy bahosi 37,1 million soʻmlik jami 1 150 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini Namangan shahrida yashovchi M.K.ga yetkazib berish maqsadida olib ketayotganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.

“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Qayd etish kerakki, Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 28-dekabr kuni soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilingani munosabati bilan qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi qonunni imzolagandi. Unga koʻra, ishlab chiqariladigan tamaki mahsulotlariga (sigaretalar, sigaralar, kalyan tamakilari, snyus va boshqalar) aksiz soligʻi stavkalari 12 foizga oshib, import qilinadigan sigaretalar uchun esa 5 foizga pasaytirilgandi.

Avvalroq Ishtixon va Toyloqda 6 ming 754 dona qalbaki yorliqli alkogol mahsulotlari savdosi toʻxtatilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер