Xitoy AQSHni savdo urushidan ogohlantirdi
Xitoy tomoni AQSHning savdo boji miqdorini oshirishi boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi.
Avvalroq Donald Tramp 1-fevraldan boshlab Xitoy davlatidan keltiriladigan mahsulotlarga boj toʻlovini 10%ga oshirgan edi. Oq uy bu qarorini savdo defitsitini qisqartirish va noqonuniy migratsiya hamda narkotik moddalar savdosiga qarshi kurash maqsadlari bilan asoslagan.
“Xitoy bu qadamni qatʼiy surʼatda qoralaydi, unga qarshi chiqadi hamda oʻz qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yoʻlida zaruriy javob choralarini koʻradi. Xitoyning pozitsiyasi qatʼiy va izchil. AQSH tomonidan tariflarning bir tomonlama oshirilishi Jahon savdo tashkiloti qoidalarining qoʻpol ravishda buzilishi sanaladi. Bu qadam davlatdagi ichki muammolarni hal etmaydi va hech kimga foyda keltirmaydi”, deyiladi Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy bayonotida.
Tramp tomonidan nafaqat Xitoy, balki Kanada va Meksikaga nisbatan ham boj miqdori oshirilishi tahlilchilar tomonidan savdo urushining boshlanishi deb baholanmoqda.
Bu kabi holat avvalroq ham yuz bergan edi. Jumladan, 2022-yilda AQSHning oʻsha vaqtdagi prezidenti Jo Bayden Xitoyga sunʼiy intellekt yoʻnalishida tadqiqotlar uchun chiplar sotishni taqiqlab qoʻygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring