Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga asosan, harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar va talablarni tartibga soluvchi bir qator oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qaror orqali ichki ishlar, bojxona va harbiy xizmatga qabul qilish jarayonlarini yanada shaffoflashtirish va takomillashtirish koʻzda tutilgan.
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, bu organlarda ishlash istagini bildirgan fuqarolar “Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida”gi qonunda belgilangan cheklovlar bilan yozma tarzda tanishtiriladi.
Faqat ushbu cheklovlarga rozi boʻlgan va vazirlikning maxsus talablariga javob beruvchi nomzodlar ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilinishi mumkin.
Bojxona xizmatida ishlash qoidalari ham yangilandi. Endi bojxona organlarida ishlashni istagan fuqarolar qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga rioya qilishga majbur.
Cheklovlarni rad etgan yoki maxsus talablarga javob bermaydigan shaxslar bojxona xizmatiga qabul qilinmaydi. Bu tartib bojxona tizimida ishlash talablari va masʼuliyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish qoidalariga ham oʻzgartirishlar kiritildi. Harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolar “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi qonuni hamda harbiy xizmat shartlari bilan yozma tarzda tanishtiriladi.
Mazkur cheklovlarga rozi boʻlgan va maxsus talablarga javob beradigan shaxslargina kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinadi.
Ushbu oʻzgartirishlar xizmatga qabul qilish jarayonlarini mustahkamlash va talabgorlarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan. Maxsus talablar va cheklovlar bilan tanishtirish jarayoni davlat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu yangiliklar orqali fuqarolarning xizmatga qabul qilish jarayonidagi qonuniy huquqlari yanada kafolatlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring