Iordaniya va Oʻzbekiston oʻrtasida vizasiz rejim yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston va Iordaniya hukumat vakillari hamkorlik boʻyicha ikkita hujjat imzoladi. Ulardan biri diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim joriy etilishini nazarda tutadi. Bu haqda Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov maʼlum qildi.
Unga koʻra, Iordaniyaga tashrif doirasida Saidov davlat bosh vaziri oʻrinbosari, tashqi ishlar va muhojirlar ishlari vaziri Ayman Safadi bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida muhim kelishuvlarga erishildi. Munosabatlarni mustahkamlash uchun diplomatik pasport egalariga vizasiz kirish tartibini joriy etish boʻyicha hukumatlararo kelishuv imzolandi. Bundan tashqari, tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2025-2027-yillarga moʻljallangan qoʻshma hamkorlik dasturi tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring