Oʻzbekiston TIV xorijda boʻlib turgan yurtdoshlarimizga muhim tavsiyalar berdi

00:54 01 Mart 2026 Jamiyat
527 0

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xorijiy davlatlarda boʻlib turgan hamda safar rejalashtirayotgan fuqarolarga quyidagi umumiy tavsiyalarga amal qilishni eslatib oʻtdi.

Rasmiy axborot manbalarini kuzatib boring

  • yashab turgan mamlakat rasmiy idoralari xabarlarini kuzatib boring;
  • Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonalari eʼlon qilayotgan maʼlumotlarga eʼtibor qarating.

Diplomatik vakolatxonalar bilan aloqada boʻling

  • zarur hollarda konsullik hisobiga turish tavsiya etiladi.
  • oʻzingiz joylashgan mamlakatdagi elchixona yoki konsullikning aloqa maʼlumotlarini saqlab qoʻying.

Mahalliy qoidalarga rioya qiling

  • mamlakat qonunchiligiga hurmat bilan yondashing;
  • ommaviy tadbirlar va gavjum joylarda ehtiyotkorlikni saqlang.

Shaxsiy tayyorgarlik

  • pasport va zarur hujjatlarni tartibli saqlang;
  • aloqa vositalaringiz doim ishlashga tayyor boʻlishiga eʼtibor qarating.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi fuqarolar bilan doimiy aloqada boʻlib, zarur hollarda konsullik-huquqiy yordam koʻrsatishga tayyor ekanini eslatib oʻtgan.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?