Qoraqalpogʻistondagi metan zapravkada 2,8 mlrd soʻmlik gazdan noqonuniy foydalanildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2,8 milliard soʻmlik energiya resurslarini oʻgʻirlagan avtomobillarga gaz toʻldirish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qoraoʻzak tumanida “Q.M.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, MCHJning avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasiga oʻrnatilgan elektron gaz hisoblagich uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatish orqali jami 1,1 million kub metr tabiiy gazdan qonunga xilof ravishda foydalanishgan. Buning natijasida 2,8 milliard soʻm zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- “Bilmak Navoiyni — zoʻr maʼrifat nishoni...”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring