Qoraqalpogʻistonda 648 nafar bitiruvchi oltin medal bilan taqdirlandi
Gʻayrat Otajonov/“Xalq soʻzi”. Nukus shahridagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida respublikamizdagi maktablarda barcha fanlardan aʼlo baholarda oʻqib, yakunlovchi imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchi yoshlarimizga oltin va kumush medallarini topshirishga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, bitiruvchi yoshlarni qoʻlga kiritgan muvaffaqiyati bilan tabrikladi. Joriy oʻquv yilini aʼlo baholarga tugatayotgan bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni tantanali ravishda topshirdi.
— Oʻzbek tilidan fan olimpiadalari va tanlovlarda faol ishtirok etdim, — deydi Nukus shahridagi 37-maktabning bitiruvchisi, oltin medal sohibasi Nurjayna Oringaliyeva. — Yaqinda oʻzbek tili fani boʻyicha oʻtkazilgan fan olimpiadasida Oʻzbekiston miqyosida birinchi oʻrinni egallab, oliy oʻquv yurtlariga imtihonlarda oʻzbek tili fanidan eng yuqori ball olish imkoniyatiga ega boʻldim. Oʻqish bilan birga, sheʼr yozaman. Bir necha chet davlatlardagi jurnallarda ijodiy mashqlarim nashr etildi. Shuningdek, Qozogʻiston Respublikasi “Qoʻshqanot” xalqaro ijodiy uyushmasining hamda “Oʻzbekistonda oliy taʼlim” jurnalining ragʻbatlantiruvchi medallari bilan taqdirlandim.
Maʼlumot uchun: Qoraqalpogʻiston Respublikasida joriy oʻquv yilida 648 nafar bitiruvchilar oltin medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 va 11- sinflarini hamda akademik litseylarning kurslarida barcha fanlar boʻyicha yillik baholari aʼlo boʻlgan, namunali xulq-atvorli va jamoat ishlarida faollik koʻrsatgan 188 nafar bitiruvchilar kumush medallar egasiga aylandi.
Tadbir sanʼat va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring