Qora dengizda Rossiya suv osti kemasidan ayrildi. Kemani taʼmirlash yillarga choʻzilishi mumkin
Ukraina Rossiyaning Qrimdagi suv osti kemasiga jiddiy zarar yetkazganini eʼlon qildi. Bu Qora dengiz flotiga qattiq zarba boʻlishi mumkin. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Kiyev harbiylari Sevastopol port shahrida “Rostov-na-Donu” suv osti kemasi yoʻq qilgan. Bu zarba Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining mintaqadagi aktivlariga navbatdagi muvaffaqiyatli hujumdan dalolat beradi.
Ukraina harbiylari, shuningdek, Qrimda Rossiyaning ilgʻor “S-400” havo mudofaa tizimlarining toʻrtta nuqtasini nishonga olgan va ularga jiddiy zarar yetkazgan boʻlishi mumkin. Bu Ukrainaning “Rostov-na-Donu” suv osti kemasini birinchi marta nishonga olishi emas. 2023-yil sentyabr oyida raketa hujumi kemaga va Sevastopoldagi Rossiya desant kemasiga zarar yetkazgandi.
Britaniya hukumati suvosti kemasi halokatli zarar koʻrganligini va taʼmirlash yillarga choʻzilishi mumkinligini taʼkidlagan. Rossiya hozircha soʻnggi zarbaga izoh bermadi. Kiyev harbiylarining taʼkidlashicha, “Rostov-na-Donu”ning choʻkishi Rossiya floti uchun xavfsiz joy yoʻqligini koʻrsatib qoʻygan. Qayd etish kerakki, ushbu suv osti kemasi taxminan 300 million AQSH dollarga baholanadi.
Ukrainaning hujumlari Qora dengiz flotini koʻplab kemalarini Sevastopoldan boshqa bazalarga koʻchirishga majbur qilmoqda. Vitse-admiral Oleksiy Neyjpapaning aytishicha, Rossiya ushbu hudud ustidan nazoratni yoʻqotyapti.
Shunga qaramasdan, bu Moskvaning boshqa frontlarda ustunlikka erishiga yordam berishi mumkin. Hozircha bunga javob hujumi sodir boʻlmagan.
Avvalroq, 800 ming ukrain vatanni himoya qilishni istamayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring