Malayziya 16 yoshgacha boʻlganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlamoqchi
Malayziya hukumati 2026-yildan boshlab 16 yoshdan kichik shaxslarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlash rejasini eʼlon qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Mamlakat aloqa vaziri Fahmi Fadzil ushbu cheklovlar joriy etilishi haqida bir kun avval maʼlum qilgan.
Hozirda Malayziya hukumati Avstraliya va boshqa davlatlarda qoʻllanilayotgan yosh cheklovi mexanizmlarini oʻrganmoqda.
Rejalashtirilayotgan choralar yoshlarni quyidagi onlayn tahdidlardan himoya qilish zarurati bilan izohlanmoqda:
— kiberzoʻravonlik va qoʻrqitish,
— moliyaviy firibgarliklar,
— jinsiy tajovuz va ekspluatatsiya bilan bogʻliq xavflar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring