Qozogʻistonda korrupsiyaga aloqador shaxslarni saylovlarda ishtirok etishdan mahrum qilish taklif etilmoqda
Qozogʻiston Konstitutsiyasiga korrupsiya jinoyatlarida aybdor deb topilgan shaxslarning saylovlarda ishtirok etishini taqiqlovchi norma kiritish taklif etilmoqda. Bu haqda deputat Nurlan Beknazarov maʼlum qildi, deya uning soʻzlarini “Kazinform” keltirmoqda.
“Qonunga muvofiq korrupsiya jinoyatlari yoki huquqbuzarliklarida aybdor deb topilgan fuqarolar saylanish huquqiga ega boʻlmasligi kerak”, — deb taʼkidladi Beknazarov.
Shuningdek, u sud tomonidan layoqatsiz deb topilgan, shuningdek, ozodlikdan mahrum etish joylarida jazo oʻtayotgan fuqarolarga saylovlar va referendumlarda ishtirok etish huquqi berilmasligi lozimligini qayd etdi.
Bundan tashqari, Qozogʻiston hududidan tashqariga doimiy yashash uchun chiqib ketgan, mamlakat fuqaroligini yoʻqotgan, saylangan partiya roʻyxatidan chiqqan yoki partiya faoliyati tugatilgan holatlarda parlament deputatlarini mandatidan mahrum qilish taklif etilmoqda.
Avvalroq mamlakat prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Konstitutsiyaga oʻzgartishlar kiritish va faqat partiya roʻyxatlari asosida saylanadigan 145 nafar deputatdan iborat yakkapalatali parlament tashkil etishni taklif qilgan edi.
Shuningdek, Qozogʻiston prezidenti vitse-prezident lavozimini joriy etish, maslahat organlarini isloh qilish va asosiy qonunga qator boshqa oʻzgartishlar kiritish tashabbusini ilgari surgan.
Toqayev farmoni bilan mazkur islohotlarni ishlab chiqish maqsadida konstitutsiyaviy komissiya tuzilgan. Oʻzgartishlarni referendumga qoʻyish rejalashtirilmoqda, ammo uning sanasi hozircha belgilanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring