Qonunga zid harakati uchun bankka nisbatan jarima qoʻllanildi
Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan monitoringlar natijasida reklama qonunchiligi buzilish holatlari aniqlandi. Bu haqida qoʻmitaning rasmiy “Telegram” kanalida maʼlum qilindi.
Oʻtkazilgan monitoringlarda Toshkent shahrida joylashgan reklama monitorlarida, shuningdek internet platformasida “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATB tomonidan taqdim etilgan kreditlar haqidagi maʼlumotlarda qarz shartlari toʻliq va aniq koʻrsatilmagan. Jumladan, “Biznesga 1,5 milliard, yillik 17,5 foiz” va “От 17% годовых, ипотека на квартиру в новостройке” kabi mazmunidagi reklamalarda kreditning muhim shartlari, shu jumladan, foiz stavkalarining aniq sharti, toʻlov muddati va boshqa talablar qayd etilmaganligi aniqlangan.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan Qoʻmita Maxsus komissiyasi tomonidan “BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATBga nisbatan “Reklama toʻgʻrisida”gi hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunlarining tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan moliyaviy jarima qoʻllash yuzasidan qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik yuzasidan koʻrsatmalar berildi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring