“Boshda doʻppim gʻoz yuraman…”: “Toshshahartransxizmat”ning avtobus haydovchilari endi milliy libosda xizmat koʻrsatadi

Maʼlumki, joriy yilning 21-yanvar kuni, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov “Toshkent shahrida milliylikni keng targʻib qilishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzolagan edi.
Mazkur qarorga asosan, “Toshshahartransxizmat” Aksiyadorlik jamiyati haftaning har juma kunini “Milliy liboslar kuni” etib belgiladi.
Shu munosabat bilan, 31-yanvar kuni poytaxtimiz aholisi va mehmonlariga, avtobusda harakatlanayotgan yoʻlovchilarga milliy qadriyatlarimizni targʻib qilish maqsadida “Toshshahartransxizmat” AJ tasarrufidagi avtobus saroyi haydovchilari milliy libosda ish boshlashgan.
Jumladan, “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan 67-sonli “Yunusobod mavzesi 19-daha — Xalqaro havo yoʻllari aeroporti-2” va 91-sonli “Yunusobod mavzesi 15-daha ASHB — Koʻkcha masjidi” yoʻnalishlarida harakatlanuvchi avtobus haydovchilari bugungi faoliyatlarini oʻzbek milliy doʻppisini kiygan holda olib borishmoqda.
“Ushbu tadbir orqali milliyligimizni keng targʻib qilish va fuqarolarimizga namuna koʻrsatish maqsad qilingan”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, “Milliy Toshkent” loyihasi doirasida milliy qadriyatlarni targʻib etish boʻyicha ijtimoiy tarmoqlarda kontentlar joylashtirish, ommaviy axborot vositalarida maxsus materiallar tayyorlash vazifalari ham belgilan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring