Qirgʻizistonning yetakchi axborot agentligi Samarqand shahrining sayyohlik salohiyati haqida yozdi

15:56 06 Dekabr 2023 Jamiyat
240 0

Qirgʻizistonning yetakchi “AKIpress” axborot agentligi elektron portalida Samarqand shahrining sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda Samarqandda xizmat koʻrsatishni yaxshilash boʻyicha katta ishlar olib borilayotgani va bu borada allaqachon ajoyib natijalarga erishilgani qayd etilgan.

Shuningdek, sayyohlar Samarqanddagi eng soʻnggi infratuzilma obyektlari oilasining yorqin namunalari bilan mamlakatga keliboq   tanishishlari mumkinligi taʼkidlangan. Ularni Mirzo Ulugʻbekning “Koʻragoniyning yangi astronomik jadvali” asari ramzi boʻlgan ochiq kitob koʻrinishida yaratilgan zamonaviy xalqaro aeroport qarshi oladi.

“Samarqand haqiqiy tarixiy galereya, sayyohlar uning boshni aylantiruvchi eksponatlarini oʻrganishni juda yaxshi koʻradilar, - qayd etadi portal. - Sayyohlar eng yuksak maqtovga loyiq tarixiy goʻzallikni izlash uchun Registon maydoniga tashrif buyurishadi. Ushbu mashhur maydonda Mirzo Ulugʻbek, Sherdor va Tillaqori madrasalari joylashgan. Ushbu uch buyuk va betakror obidalar YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan yagona meʼmoriy ansamblni tashkil etadi”.

Nashrda, shuningdek, Temuriylar davrida qurilgan Goʻri Amir va temuriylarning opa-singillari, xotinlari, bolalari, taniqli il-fan allomalari qabrlari joylashgan Shohi Zinda maqbaralari har doim sayyohlar bilan gavjum boʻlishi maʼlum qilingan.

“Amir Temurning suyukli rafiqasi nomi bilan atalgan Bibixonim masjidi ham chinakam goʻzallik asaridir. Uning gumbazi osmonning goʻzalligiga, portal arkasi esa Somon yoʻliga qiyoslanadi, - deya qayd etadi qirgʻiz nashri. - Masjid yonida Siyob bozori joylashgan.  Siyob allaqachon 600 yoshda va u Samarqandning eng mazali va xushboʻy maskanlaridan biri boʻlib qolmoqda. Bozorda holva va afsonaviy Samarqand noni sotiladi”.Maqola soʻngida “2023-yil 16-20-oktyabr kunlari Samarqand shaharda BMT Jahon sayyohlik tashkiloti (YUNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi oʻtkaziladi. Mazkur yirik tadbir Samarqand shahri, jumladan, turizm sohasi uchun muhim voqea boʻladi”, - deb yozgan “AKIpress”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер