Qashqadaryoda yogʻ ishlab chiqarish uchun yashirin sex tashkil qilgan fuqarolar ushlandi

11:37 31 Yanvar 2025 Jamiyat
89 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri, Qamashi va Yakkabogʻ tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Maʼlum qilinishicha, fuqarolar L.R., Oʻ.E. va R.M. ushbu hududlarda joylashgan yashash xonadoni yordamchi xoʻjaligi va noturar binolarda yashirin sex tashkil etganligi aniqlangan.

Tadbir davomida fuqarolarning ushbu yashirin sexda qonunga xilof ravishda yogʻ ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotganliklari oshkor boʻldi.

Shuningdek, yashirin sexdan jami 1885 litr isteʼmolga yaroqsiz yogʻ, 1,4 tonna chigit, 4 dona juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklari topilgan hamda ashyoviy dalil sifatida tezkor tadbir xodimlari tomonidan olib qoʻyilgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер