Qaror qatʼiy, kafolat muddati oʻzgartirilmaydi — deputat koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish haqida
Aholiga sifatli va kafolatli kommunal xizmat koʻrsatish tizimi oʻz nomiga munosib emasligi uzoq yillardan buyon dilda boru ammo tilga chiqmaydigan muammolardan biri edi. Ayni paytda Prezidentimizning «Koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yana-da takomillashtirish toʻgʻrisida»gi qarori aynan ana shu muammoni tag-tomiri bilan hal etishga qaratilgani bilan ham koʻplab mutaxassislar eʼtiborini tortmoqda.
Qarorga koʻra, 2021-yil 1-oktyabrdan qurilishi tugallangan va foydalanishga topshirilgan koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish birinchi ikki yilda quruvchi tomonidan amalga oshirilishi hamda mazkur muddatda koʻp kvartirali uy-joy ekspluatatsiyasining kafolat muddati joriy qilinadigan boʻldi.
Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa mulkdorlarning boshqaruvchi oldida qarzdorligi mavjud boʻlgan taqdirda, uning miqdori uy-joylarga boʻlgan mulk huquqini rasmiylashtirishda notarial idoralar tomonidan tegishli shartnomada aks ettirilishi va yangi mulkdor ushbu qarzdorlik haqida ogohlantirilishi belgilab qoʻyildi.
Bunda koʻp kvartirali uy-joylarda yashovchi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga majburiy badalni toʻlab berish uchun subsidiya ajratilishi ham koʻzda tutildi.
Qarorga muvofiq, endi koʻp kvartirali uy-joyga tutash hududlarda yangi obyektlarni qurish, mulkdorlar amal qilishi majburiy boʻlgan koʻp kvartirali uy-joylarda umumiy mol-mulkni boshqarishning talab va qoidalarini tasdiqlash hamda uy-joy uchun qarz va kreditlarni jalb qilish uy-joy mulkdorlari yoki ular vakillarining 80 foizidan koʻprogʻi ovoz bergan taqdirda amalga oshiriladi. 2021-yil 1-avgustgacha loyiha doirasida biriktirilgan hududlar, 2022-yilning 1-yanvariga qadar esa butun respublikada koʻp kvartirali uy-joyga xizmat koʻrsatish jarayoniga uy-joy mulkdorlarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va ularning tegishli mol-mulki kadastr raqamidan foydalangan holda billing tizimi joriy qilinadi.
2021-yil 1-oktyabrgacha koʻp kvartirali uy-joylarni boshqaruvchilarning elektron reyestri ham ishga tushiriladigan boʻldi. 2021-yil 1-iyuldan koʻp kvartirali uy-joylarni boshqarish usuli shirkatlardan boshqaruvchi tashkilotlarga oʻtgan uy-joylar uchun jalb etilgan kreditlarning muddatini, mahalliy hokimliklar kafilligi asosida uch yilgacha uzaytirish choralari koʻriladi.
Aholining turmush darajasini yaxshilash partiyamizning ijtimoiy sohada olib borayotgan faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri ekanini inobatga olib, mazkur qaror uy-joyga muhtoj boʻlgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladigan muhim hujjat boʻldi, deb hisoblaymiz.
Farhod ZAYNIYEV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring