Prezident Farmoni: profilaktika inspektorlarining vazifalari takomillashtirilmoqda
Arxiv surat
Ichki ishlar vazirligi Joriy yilning 29-noyabr kuni Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan profilaktika inspektorlarining vazifalari takomillashtirilmoqda.
Xususan, profilaktika inspektorlari ortiqcha va keraksiz yuklamalardan ozod qilinib, ularning vazifalari 128 tadan 22 taga maqbullashtirilgan holda qatʼiy roʻyxat sifatida tasdiqlanmoqda.
Profilaktika inspektorlarini ularning vazifa va faoliyat yoʻnalishlari bilan bogʻliq boʻlmagan tadbirlarga jalb qilish hamda faoliyatiga asossiz aralashish taqiqlanadi.
Endi, profilaktika va probatsiya inspektorlari, patrul-post va yoʻl-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholashda samaradorlik indikatorlarini oʻz ichiga oluvchi reyting tizimi joriy etiladi.
Oldinroq, Prezident Farmoni bilan Jamoat xavfsizligi konsepsiyasi, 2022-2025-yillarda Oʻzbekistonda jamoat xavfsizligini taʼminlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangani, IIV tuzilmasida Jamoat xavfsizligi departamenti tashkil etilgani haqida xabar bergandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring