Oʻzbekistonning PISA 2022 tadqiqotidagi natijalari eʼlon qilindi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Jahon banki va OECD tashkiloti hamkorligida Oʻzbekistonning PISA 2022 tadqiqoti natijalariga bagʻishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbir PISA 2022 tadqiqoti natijalarining xalqaro darajada eʼlon qilinishi munosabati bilan tashkil etildi.
Konferensiyani kirish soʻzi bilan vazir Hilola Umarova ochib berdi:
— Prezidentimiz tomonidan zamonaviy koʻnikmalarga ega, keng dunyoqarashli zamonaviy kadrlar tayyorlash hamda taʼlim tizimini takomillashtirishdagi xalqaro integratsiya masalalariga alohida eʼtibor qaratib kelinayotganligi barchaga yaxshi maʼlum.
Bugun eʼlon qilingan Oʻzbekiston taʼlim tizimining PISA tadqiqotlaridagi ilk natijalarini oldimizga qoʻygan maqsadlarga erishishdagi keyingi qadamlarimiz uchun juda muhim omil boʻlib xizmat qilishiga ishonaman.
Albatta, sohada yutuqlarimiz qatorida baʼzi muammolarimiz ham bor, buni yashirmaymiz. Ammo niyatimiz ham, maqsadimiz ham shuki, biz bu kamchiliklarni bartaraf etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganmiz. Buning uchun malakali mutaxassislarimiz, mehnatkash ustoz-oʻqituvchilarimiz bilimi va salohiyatiga suyanamiz.
PISA 2022 tadqiqotida, Oʻzbekistondagi 15 yoshli oʻquvchilar matematika fanidan jami 364 balni qoʻlga kiritdi.
Mazkur yoʻnalishda oʻgʻil bolalar qizlarga qaraganda balandroq, maktablar joylashuvi boʻyicha tahlil qilinganda shahar maktablari qishloq maktablaridan yaxshiroq natija qayd etdi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, PISA 2022 tadqiqotda ustuvor yoʻnalish etib matematika belgilangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring