Oʻzbekistonda yana bir qimmatbaho baliq turi — beluga uvildirigʻi inkubatsiya qilindi
Bu haqda AOKA boʻlib oʻtgan brifingda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi axborot xizmati rahbari Zilola Roʻziyeva maʼlum qildi.
Joriy yilning 5 oyi davomida “Qaraken sazani”, “Fishko”, “Qalkon savdo servis”, “Db group eco”, “Nodir fish farm”, “Navroʻz qut-baraka”, “Boyxon baliqlari” kabi xoʻjaliklar tomonidan lichinka ishlab chiqarish faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ushbu korxonalar tomonidan 350 mln.dona baliq lichinkasi ishlab chiqarish imkoniyatlari yaratildi.
Bugungi kunda respublika miqyosida 113 ta lichinka ishlab chiqarish hamda 290 ta chavoq yetishtiruvchi baliqchilik xoʻjaliklari tomonidan karp, oq doʻngpeshona, chipor doʻngpeshona, forel, sibir osyotri, tilyapiya kabi baliq turlarining lichinkalari ishlab chiqarilmoqda.
Shu bilan birga yangi baliq turlarini iqlimlashtirish, zotlarni yangilash, hosildorlikni oshirish hamda kasalliklarga chidamli nasllarni yetishtirish maqsadida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instuti tomonidan Belorussiya, Rossiya, Germaniya, Tailand, Malayziya hamda Vengriya davlatlari bilan hamkorlik qilib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring