Oʻzbekiston ISHIDga qarshi global koalitsiyaga qoʻshildi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda AQSH davlat kotibi Marko Rubio va prezidentning milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Maykl Uolts bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Rubio oʻzbekistonlik hamkasbiga AQSHdan deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarishga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirgan. Shuningdek, u davlatimizning ISHIDga qarshi kurash boʻyicha global koalitsiyaga toʻlaqonli aʼzo boʻlganini olqishladi.
“Siyosiy muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqaviy aloqalarni rivojlantirish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taʼminlash boʻyicha umumiy qarashlarimizni chuqurlashtirish kabi muhim yoʻnalishlar kun tartibimizdan oʻrin oldi”, — deb yozgan Saidov Rubio bilan uchrashuv haqida.
Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov Vashingtonda AQSH prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Maykl Uolts bilan ham muloqot oʻtkazdi. Unda Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirishga boʻlgan sodiqlik tasdiqlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring