Qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Bugun, 9-fevral kuni qilichbozlik boʻyicha yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi.
Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan Respublika chempionatida U-17 yosh toifasidagi qilichboz atletlarimiz mazkur sport turining uch yoʻnalishi — rapira, shpaga, sablya boʻyicha gʻoliblik uchun kuch sinashmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimizning barcha hududlari, jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Toshkent shahridan tashrif buyurgan eng kuchli yosh qilichbozlar gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda.

Musobaqaning ilk kunida shpaga yoʻnalishi boʻyicha yakkalik bahslari oʻtkazilmoqda. Unda jami 120 nafardan ortiq oʻgʻil-qiz sportchilar ishtirok etib, oʻz mahorati hamda jismoniy tayyorgarligini sinovdan oʻtkazmoqda.
Mazkur chempionat yosh sportchilarning professional mahoratini oshirish, ular oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish hamda respublikamizda qilichbozlik sport turini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bellashuvlar joriy yilning 14-fevral sanasiga qadar davom etadi.
Muhsin Umurzoqov,
Yunus Boʻriyev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring