Oʻzbek palovi xalqaro festivalda “Eng yaxshi milliy taom” yoʻnalishida birinchi oʻrinni egalladi

13:16 17 Iyun 2024 Jamiyat
488 0

Stokgolm diplomatlar assotsiatsiyasi tomonidan “Food and Beer” mavzusida milliy taomlar va ichimliklar festivalida oʻtkazildi.

Tadbirda Armaniston, Avstriya, Belgiya, Bosniya va Gersegovina, Chexiya, Estoniya, Gruziya, Gretsiya, Vengriya, Islandiya, Yaponiya, Keniya, Latviya, Meksika, Slovakiya, Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston va Avstraliya diplomatik vakolatxonalari ishtirok etdi.

Joriy yildagi yarmarkada soʻnggi yillardagi eng koʻp ishtirokchilar qatnashdi. Ilgari, asosan, qatnashchilar Yevropa davlatlaridan boʻlgan boʻlsa, yildan yilga ishtirokchilar roʻyxati Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari hisobidan kengayib bormoqda. 2024-yilda koʻplab davlatlar ushbu tadbirda alohida tayyorgarlik bilan qatnashdi va barcha stendlarda ishtirokchi mamlakatlar milliy taomlarining eng yaxshi namunalarini taqdim etildi.

Unda Oʻzbekistonning boy madaniy merosi va gastronomik turizmi keng targʻib qilindi. Festival tashkilotchilari va ishtirokchilari oʻzbek milliy taomlarini yuqori baholashdi.

Yarmarka yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi tomonidan taqdim etilgan oʻzbek palovi yashirin ovoz berish natijasiga koʻra, “Eng yaxshi milliy taom” yoʻnalishi boʻyicha faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?