Oybek Elmuratov Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari boʻldi

10:44 15 Oktyabr 2024 Jamiyat
118 0

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Elmuratov Oybek Umurzakovich Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Oybek Elmuratov 1999-yilda Toshkent moliya institutini tamomlab, mehnat faoliyatini “Oʻzmilliybank” Loyihani moliyalashtirish markazi mutaxassisi sifatida boshlagan.

Shuningdek, Moliya vazirligida boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, ushbu vazirlikning Yoʻl jamgʻarmasi boshligʻi oʻrinbosari, BMTning Oʻzbekistondagi loyiha menejeri, “Oʻzkimyosanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi departamenti boshligʻi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida boshqarma boshligʻi kabi qator masʼul vazifalarda mehnat qilgan.

“Elmuratov tayinlovga qadar Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер