NATO va Rossiya suv osti kemalari Boltiq dengizida toʻqnashdi

17:44 01 Iyul 2024 Dunyo
277 0

Arxiv foto

Rossiyaning ikki suv osti kemasi NATO kemalari bilan Boltiq dengizida toʻqnash ketdi. Bu haqda maʼlumot bergan «Newsweek» nashrining yozishicha, bu «Novorossiysk» va «Dmitrov» dizel-elektr suv osti kemalari jangovar manyovrlar va kallaklarsiz torpeda hujumlarini mashq qilayotganida sodir boʻlgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, ushbu hodisa NATOning Boltiq mintaqasida oʻz harbiy mashgʻulotlarini oʻtkazgan paytda sodir boʻldi. Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga qoʻshilishi Boltiq dengizining hozirda «NATO koʻli» laqabini olishiga sabab boʻlgan edi. Rossiyaning floti joylashgan Kaliningrad anklavi ushbu mojaro uchun muhim strategik nuqtaga aylandi.

«Novorossiysk» va «Dmitrov» Kilo toifali suv osti kemalari boʻlib, rus tomonida 65 dan ortiq shunday harbiy texnikalar bor, deb taxmin qilinadi. Ushbu suv osti kemalari yadroviy suv osti kemalariga qaraganda sekinroq va cheklangan masofaga suza olsada, ilgʻor raketalar bilan jihozlangan.

Boltiqboʻyi mashgʻulotlari NATOning «Baltops» harbiy mashgʻulotlari doirasida boʻlib, unda Shvetsiya birinchi marta ishtirok etmoqda. Ushbu harbiy mashqlar suv osti kemalarini aniqlash va dengiz minalarini tozalash kabi vazifalarni qamrab oladi.

Eslatib oʻtamiz, harbiy mashgʻulotlar 9-iyulda boshlanadigan Vashingtondagi NATO sammiti oldidan oʻtkazilmoqda.

Avvalroq, Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedev Ukraina qoʻshinlarining Sevastopolga raketa hujumi ortidan Amerika Qoʻshma Shtatlarini keskin qoralab chiqqan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?