Maktablarni kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati boʻyicha kamchiliklarga yoʻl qoʻyayotgan masʼullar ogohlantirildi

16:14 23 Noyabr 2022 Jamiyat
814 0

Bugun Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov rahbarligida hududiy xalq taʼlimi boshqarma va boʻlimlar, ekspluatatsiya xizmati masʼullari ishtirokida maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida kuzatilayotgan muammo va kamchiliklar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilish avvalida vazir Baxtiyor Saidov tomonidan xalq taʼlimi muassasalarini 2022-2023-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari joylarda talab darajasida olib borilmayotganligini tanqid qilib oʻtdi.

Respublika Ishchi guruhlari tomonidan joylardagi ijtimoiy obyektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirilib, qator kamchiliklar aniqlanayotganligi tilga olindi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida sustkashlikka yoʻl qoʻygan soha masʼullariga tegishli intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер