Londondagi nufuzli koʻrgazmada Oʻzbekiston stendi tashkil etildi
Silk Road Samarkand sayyohlik markazi va Rocket DMC Uzbekistan turistik kompaniyasi shu kunlarda Londonda 6-8-noyabr kunlari boʻlib oʻtayotgan World Travel Market koʻrgazmasi doirasida Oʻzbekistonni namoyish etmoqda.
Oʻzbekiston stendida koʻrgazma mehmonlari va ishtirokchilariga yurtimizning barqaror rivojlanayotgan turizm sohasining keng imkoniyatlari haqida soʻzlab beriladi. Birinchi kuni stendga 500 dan ortiq odam tashrif buyurdi. Ayniqsa, dunyoning yirik sayyohlik kompaniyalari, shuningdek, bir qator materiallarni chiqarish maqsadida Silk Road Samarkand majmuasiga tashrif buyurish istagini bildirgan jurnalist va blogerlar qiziqish bildirmoqda.
World Travel Market (WTM) dunyodagi sayohat va turizm sohasidagi eng nufuzli tadbirdir. Koʻrgazma xalqaro sayyohlar hamjamiyatini birlashtiradi. Ushbu koʻrgazma, turizm sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash, qidirish va qiyosiy tahlil qilishni taʼminlaydi va butun dunyodagi eksponentlarga oʻzlarining turizm koʻlamini xalqaro maydonda namoyish etish uchun imkoniyati yaratadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Buyuk Britaniyadagi nufuzli “World Travel Market London – 2023” koʻrgazmasida Oʻzbekiston milliy pavilyoni tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring