Latviyaning “Olainfarm” farmatsevtika kompaniyasi Oʻzbekistonda oʻz filialini ochishni rejalashtirmoqda
Oʻzbekiston elchisi Timur Rahmonov Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari Dilshod Rasulov bilan birgalikda Latviyaning yirik farmatsevtika kompaniyasi – “Olainfarm” direktorlar kengashi aʼzosi, Markaziy Osiyodagi savdo ofisi rahbari Aleksandr Melnis bilan uchrashdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston va “Olainfarm” oʻrtasidagi sarmoyaviy va texnologik hamkorlik masalalari hamda mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirgan holda qoʻshma ishlab chiqarish kooperatsiyasini yoʻlga qoʻyish istiqbollari muhokama qilindi.
Aleksandr Melnis Oʻzbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni ijobiy baholadi. U, shuningdek, “Olainfarm” kompaniyasining Oʻzbekistondagi uzoq muddatli ishtirokini kengaytirish istiqbollariga ishonch bilan qarashini taʼkidlab oʻtdi.
Latviya tomoni maʼlum qilganidek, “Olainfarm” kompaniyasi Oʻzbekistonda yuqori sifatga ega ampulali mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish masalasini oʻrganmoqda.
“Olainfarm” kompaniyasi 1972-yilda Latviyaning Olayne shahrida tashkil etilgan boʻlib, Boltiqboʻyi mamlakatlaridagi eng yirik farmatsevtika kompaniyasi hisoblanadi. Kompaniyaning yillik aylanmasi 124 million yevrodan oshadi. Mahsulotlar assortimenti 60 ta tayyor dozalash shakllari, 25 ta faol farmatsevtik ingrediyentlar va 20 dan ortiq oraliq mahsulotlarni oʻz ichiga oladi. Korxona mahsulotlari 60 ta davlatga eksport qilinadi. 2011-yildan beri Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga (JSST) silga qarshi dori-darmonlar yetkazib beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring