“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tanlovi gʻoliblari aniqlandi

15:44 05 Aprel 2021 Jamiyat
1713 0

“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni oldidan “Eng yaxshi maqolalar” tanlovini eʼlon qilgan edi.

Mazkur tanlovga 40 dan ortiq ijodiy ishlar qabul qilindi. Taqdim etilgan materiallar orasidan turli sohalarda mehnat qilayotgan, oila va jamiyat oldidagi yuksak masʼuliyati hamda burchini chuqur anglagan, oʻzining xayrli ishlari bilan Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan fidoyi xotin-qizlar faoliyati qiziqarli, taʼsirchan, samimiy va sodda tilda aks ettirilgan beshta eng yaxshi maqola tanlov hayʼati aʼzolari tomonidan saralab olindi.

Tanlov natijalariga koʻra “Xalq soʻzi” gazetasining 2021-yil 18-fevral sonida chop etilgan Sevara Alijonovaning “Fargʻonaning “Lola”si” sarlavhali maqolasi

“Narodoye slovo” gazetasining 2021-yil 6-mart sonida chop etilgan Xalima Xalilayevaning “Otzivchivost — kachestvo bessennoye”, sarlavhali maqolasi,

“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarining rasmiy sayti — xs.uz saytida berilgan Jobir Ismatullayevning Yerdagi farishta,

Fotima Abduraimovaning Chimboyning ona qizi”, Inobat Ahatovaning “Uch kun haqiqiy “doʻzax” boʻldi... — shifokor ayol koronavirusga qarshi kurash, pandemiya dahshatlari haqida” sarlavhali maqolalari gʻolib deb topildi.

Tahririyat tanlovda faol ishtirok etgan barcha qatnashchilarga oʻz minnatdorligini bildiradi va gʻolib deb topilgan maqolalar mualliflari diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishini maʼlum qiladi.

Tanlov gʻolibi: Sevara Alijonova
Tanlov gʻoliblari: Fotima Abduraimova va Xalima Xalilayeva
Tanlov gʻolibi: Inobat Ahatova

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?