Intensiv baliqchilik xoʻjaliklariga ayrim soliqlar 2 karra kamaytiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Baliqchilikda naslni yangilash, hosildorlikni oshirish va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha ham bir qator yangiliklar joriy qilinadi. Bu haqda Prezidentning qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari bilan boʻlib oʻtayotgan muloqotida maʼlum qilindi.
Karp va sovuq suv baliqlari boʻyicha Vengriya va Norvegiyadagi hamkorlar bilan Yangiyoʻl va Boʻstonliq tumanlarida 2 ta naslchilik markazi tashkil qilinadi.
Chetdan nasldor ona baliq olib kelish xarajatining yarmi qoplab beriladi. Baliqchilik xoʻjaliklari inkubatsiya, laboratoriya, yopiq suv aylanma tizimlarini import qilishda bojxona bojidan ozod etiladi.
Intensiv baliqchilikni yoʻlga qoʻygan xoʻjaliklarga yer va mol-mulk soliqlari 2 karra kamaytiriladi. Aksincha, intensiv usulga oʻtmagan, koʻllardan samarasiz foydalanayotgan korxonalar uchun yer soligʻi oshirilgan stavkada qoʻllanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring