Hunarmandlarga imtiyoz va imkoniyat yaratib berilmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Hozirgi kunda “Hunarmand” uyushmasi Samarqand viloyati boshqarmasiga 3 ming 155 nafar hunarmand aʼzo boʻlib, ular mavjud imtiyozlardan samarali foydalangan holda faoliyat olib bormoqda.
Raqamlarga murojaat qiladigan boʻlsak, 2018-2022-yillarda viloyatdagi hunarmandlarga 2091 ta loyiha uchun 71,1 milliard soʻm imtiyozli kredit berilgan. Shundan, Ishtixon tumanida 2022-2023-yillarda 198 nafar hunarmandga 7,5 milliard soʻm, Nurobod tumanida 80 nafar hunarmandga 2,2 milliard soʻm imtiyozli kredit ajratilgan. 2022-yilda “Usta-shogird” maktabini yaratish va 7762 ta shogird biriktirilgan boʻlsa, hozirda bu koʻrsatkich 24 mingdan ortdi.
— Viloyat mahallabay ishlash boshqarmasi tomonidan hunar egallab, oʻz ishini yoʻlga qoʻymoqchi boʻlgan 1414 nafar hunarmandga aʼzolik badalini toʻlash uchun 1,3 milliard soʻm subsidiya ajratildi, — deydi “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi Umid Hakimov. — “Usta-shogird” anʼanasi asosida maktab tashkil etgan hunarmandlarga shogird tayyorlash uchun 110,6 million soʻm subsidiya ajratildi. Hozirda hunarmandlarga ajratilgan kreditlarning qaytarilishi 98 foizni tashkil etmoqda. Bu ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishidan dalolat beradi.
Hunarmandchilikka eʼtiborning kuchaytirilishi natijasida keyingi uch yilda 2 nafar hunarmand “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi”, 1 nafari “Mehnat shuhrati”, 4 nafari “Doʻstlik” ordeni, 3 nafari “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Keyingi besh yilda mingdan ortiq hunarmand gilam toʻqish, zargarlik buyumlari, milliy qoʻgʻirchoqlar, yogʻoch va mis oʻymakorligi, kulolchilik koʻrgazma va yarmarkalarida ishtirok etdi.
Dastlab 1992-yilda “Ruhobod” hunarmandchilik markazi tashkil etilgan edi. Keyin “Registon” hunarmandchilik markazi ochildi. Bu yerda 4 nafar usta mehnat qilgan boʻlsa, hozir ular soni 80 nafardan ortdi. Umuman, hozirda Samarqand viloyatida 4 ta hunarmandchilik markazlari ishlab turibdi.
Joriy yilda tijorat banklari tomonidan 21 milliard 479 million soʻm imtiyozli kredit ajratilishi va Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 22-iyuldagi qaroriga asosan 3 milliard 326 million soʻm subsidiya berilishi hisobidan viloyatda jami 12362 ta yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.
Kelgusida Samarqand shahrida “Xalqaro kashtachilik festivali”ni oʻtkazish, Islom Karimov koʻchasida joylashgan binoda “Samarqand kulolchilik markazi”ni tashkil etish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring