Hindistonda ikki poyezdning toʻqnashib ketishi oqibatida kamida 15 kishi halok boʻldi
Foto: AP
Hindistonda ikki poyezdning toʻqnashuvi oqibatida halok boʻlganlar soni 15 kishiga yetdi. Bu haqda PTI axborot agentligi rasmiylarga tayanib xabar bermoqda.
«Gʻarbiy Bengaliyadagi Yangi Jalpayguri yaqinida «Kanchanjunga Express» poyezdi halokati oqibatida halok boʻlganlar soni 15 kishiga yetdi. Baxtsiz hodisada yana 60 kishi tan jarohati oldi», — deyiladi agentlik xabarida.
Poyezdlar toʻqnashuvi dushanba kuni ertalab yuz bergan. Yuk poyezdi xuddi shu yoʻnalishda ketayotgan yoʻlovchi poyezdiga borib urilgan. Natijada bir qancha yoʻlovchi vagonlari relsdan chiqib ketgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, yuk poyezdi mashinisti toʻxtash ishorasini oʻtkazib yuborgan va keyin ikkinchi poyezdga borib urilgan.
Shimoli-sharqiy chegara temir yoʻli vakillarining soʻzlariga koʻra, halokatda yuk poyezdi mashinisti va mashinist yordamchisi ham halok boʻlgan.
Rasmiylar qurbonlar sonining kamligi yoʻlovchi poyezdining orqa tomoniga ikkita pochta vagonlari biriktirilgani bilan izohlangan.
Toʻqnashuv joyiga Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi, Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu, Gʻarbiy Bengaliya bosh vaziri Mamata Bannerji va mamlakat temir yoʻl vaziri Ashvini Vaishnav yetib kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring