Hindiston Pokiston samolyotlari uchun oʻz havo hududini yopdi

15:13 01 May 2025 Dunyo
182 0

Illyustrativ foto

Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi keskinlikning yangidan kuchayishi munosabati bilan Nyu-Dehli 30-aprel kuni kechqurun Pokiston aviakompaniyalari uchun havo hududini butunlay yopishga qaror qildi.

Hindiston rasmiylari bayonotiga koʻra, koʻrilgan chora Pokiston tomonidan ilgari qabul qilingan xuddi shunday taqiqqa javobdir. Taqiq darhol kuchga kiradi va 23-maygacha amal qiladi.

Bungacha Islomobod Nyu-Dehlini “kelgusi 24-36 soat ichida” oʻz hududiga harbiy zarba berishga tayyorlanayotganlikda aybladi. Bu haqda Pokiston Axborot va radioeshittirish vaziri Attaulla Tarar “ishonchli razvedka” maʼlumotlariga tayangan holda bayonot berdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu Hindistonning munozarali Kashmir hududidagi Pahalgam sayyohlik shaharchasida yaqinda sodir etilgan qurolli hujum hujum uchun “yolgʻon bahonasidir”.

“Har qanday bosqinchilik harakati qatʼiy javob bilan kutib olinadi. Hindiston mintaqadagi har qanday jiddiy oqibatlar uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi!” – deydi Tarar.

Hindiston avvalroq daryodan suv taqsimotini tartibga soluvchi 1960-yildagi Hind suvlari shartnomasidan chiqishini eʼlon qilgandi. Bundan tashqari, pokistonliklar uchun vizalarni bekor qildi va oʻz fuqarolarini qoʻshni davlatni tark etishga chaqirdi. Natijada 800 nafarga yaqin pokistonlik Hindistonni, 1500 nafarga yaqin hindistonlik Pokistonni chiqib ketdi.

Ziddiyatning kuchayishi

Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi koʻp yillar davom etgan mojaro oʻtgan hafta, 22-aprel kuni Pahalgam shahrida jangarilar guruh tomonidan uyushtirilgan hujumda 26 kishi halok boʻlganidan keyin yana kuchaydi. Qurbonlarning aksariyati sayyohlar edi. Hindiston Islomobodni voqeaga aloqadorlikda aybladi. Biroq Pokiston ayblovlarni rad etib, mustaqil tergov oʻtkazishga chaqirdi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi hujumga aloqadorlarning barchasini jazolashga vaʼda berdi.

“Hindiston harbiylari terrorchilik hujumiga javob berish usuli va vaqti toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun “toʻliq operativ erkinlikka” ega, – dedi u 29-aprel kuni.

Hindiston va Pokiston mustaqillikka erishgandan beri 1947 va 1965 uch marta bir-biri bilan, ikki marta Kashmir uchun urush olib bordi. Ularning 1971-yildagi uchinchi urushi Bangladesh davlatining tashkil topishi bilan yakunlandi. 1999-yilda ular oʻrtasida yana urush boshlandi, bu qarama-qarshilik eʼlon qilinmagan urush sifatida tasniflandi. Tadqiqotlarga koʻra, hozirda har ikki davlatda taxminan 170 ta jangovar kallakdan iborat yadro arsenallari mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?