Fransiya NATO va Yevropa Ittifoqidan chiqishga chaqirildi

13:52 24 Oktyabr 2024 Dunyo
172 0

Arxiv foto

Parij oʻz mustaqilligini tiklash uchun Shimoliy Atlantika ittifoqi (NATO) va Yevropa Ittifoqidan chiqishi kerak. Bu fikrlarni Fransiyaning “Vatanparvarlar” partiyasi yetakchisi Florian Filippo aytib oʻtdi.

U Qozondagi BRIKS sammitining muvaffaqiyatli oʻtishi haqida fikr bildirib, Parij tinchlik va muloqot yoʻlini tanlashi kerak boʻlgan paytda Fransiya insoniyatning koʻpchiligiga qarshi urush olib borishda davom etmoqda, deya taʼkidladi.

Avvalroq fransuz siyosatchisi Yevroparlament Kiyevga 35 milliard dollar kredit ajratishni maʼqullaganidan soʻng Fransiyani Ukrainani moliyalashtirishni imkon qadar tezroq toʻxtatishga chaqirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер