ETK yuriskonsulti 64 millionlik jarimani 9 millionga qisqartirib bermoqchi boʻldi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Andijon tumanida elektr energiyasidan hisoblangan zararni kamaytirmoqchi boʻlgan ETK yuriskonsultini qoʻlga tushirdi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tadbirkorlik subyektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy holat aniqlangan.
Qayd etilishicha, Andijon tumani ETK “Kuygan-yor” boʻlimi yuriskonsulti A.Gʻ. tadbirkor S.Z.ning ishonchiga kirib, uning “Oq-yor” MFY hududidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi holati boʻyicha hisoblangan 64 million soʻm zararni 9 million soʻm evaziga kamaytirib berishini aytib, dastlab 1 million soʻmini qoʻlga kiritib, qolganini olishi kerak paytida ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, qaysi yengil avtomobil Oʻzbekistonda koʻproq ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring