«Chorsu» bozori hududida yirik yongʻin sodir boʻldi

03:10 28 Iyun 2024 Jamiyat
479 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi «Chorsu» bozorida yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, bugun, 28-iyun kuni soat 01:12 da Toshkent shahar Shayxontohur tumani Beruniy koʻchasida joylashgan «Chorsu» bozor hududidagi savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, 12 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 01:17da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 02:22 da qurshab olingan va 02:47da toʻliq bartaraf etilgan.

«Yongʻin oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan», deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda vaziyat toʻliq nazoratga olingan. Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri yetib borgan. Vazir va tegishli tashkilotlar rahbarlari oʻrganish ishlarini olib bormoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер