Isroil Madrimov “The Ring” reytingida ikkinchi oʻringa koʻtarildi. Birinchi oʻrinda kim?

Super-yarim oʻrta vazn toifasidagi WBA yoʻnalishida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov dunyoga mashhur “The Ring” reytingida koʻtarilishga muvaffaq boʻldi. Bu haqda “RingTV” maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, reytingning birinchi pogʻonasi Madrimov ustidan ochkolar hisobiga koʻra gʻalaba qozongan Terens Kroufordda qolgan. Hamyurtimiz esa bir qator mashhur bokschilarni ortda qoldirib, ikkinchi pogʻonaga joylashgan.
“The Ring” reytingidagi eng kuchli deb, saralangan quyidagi sportchilar bor:
1. Terens Krouford (AQSH)
2. Isroil Madrimov (Oʻzbekiston)
3. Sebastyan Fundora (AQSH)
4. Virjil Ortis (AQSH)
5. Tim Szyu (Avstraliya)
6. Sergey Bogachuk (Ukraina)
7. Erikson Lubin (AQSH)
8. Xesus Ramos (AQSH)
9. Charlz Konuyell (AQSH)
10. Brayan Mendoza (AQSH).
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, ushbu reyting “The Ring” jurnali tomonidan tuziladigan roʻyxat boʻlib, koʻpincha har bir vazn toifasidagi eng yaxshi bokschilarni har qanday reklama yoki tashkiliy taʼsirdan holi holatda eʼtirof etadi.
“The Ring” reytingida birinchilikni egallagan taniqli sportchilar orasida Muhammad Ali, Mayk Tayson kabi afsonalar, Kanelo Alvares va Tayson Fyuri kabi zamonamiz bokschilari ham boʻlishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring