“Barselona”ga kelgan Dani Olmo klubni qiyin ahvolga solib qoʻydi

15:56 13 Avgust 2024 Sport
1169 0

“Barselona” oʻzining yangi futbolchisi Dani Olmoni La Liganing yaqinlashib kelayotgan mavsumida roʻyxatdan oʻtkazishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Klubning Olmoni “RB Leypsig”dan 51 million funt evaziga sotib olishi La Ligadagi qattiq moliyaviy qoidalar sababli qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Bu haqda “Sport Bible” nashri xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, “Barselona” Olmo mavsumning birinchi oʻyinida maydonga tushishidan oldin futbolchilarning maoshlari uchun joy boʻshatishi zarur. Ispan klubining moliyaviy muammolari juda koʻpayib ketgan. Hatto avvalgi mavsumlarda ham shunga oʻxshash muammolar boʻlgandi.

Ushbu muammolar, albatta, birgina Dani Olmo bilan bogʻliq emas. “Barselona” bir nechta oʻyinchilarni, jumladan, Inigo Martines va Vitor Rokeni ham roʻyxatdan oʻtkaza olmasligi ham mumkin.

Bu qiyinchiliklar klublarning oʻyinchilarning maoshiga sarflashi mumkin boʻlgan miqdorni cheklab qoʻygan La Liganing maosh chegarasidan kelib chiqadi. Shuningdek, yangi sotib olingan futbolchining maoshi ham katta boʻlib, taxminan, 15 million yevrogacha boʻlishi mumkin.

“Barselona” Olmodan tashqari yangi bosh murabbiyi Xansi Flikni ham roʻyxatdan oʻtkazishda ham qiynalmoqda. Klub bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, Flik xuddi shunday moliyaviy cheklovlar tufayli rasman boshqaruvni oʻz zimmasiga ololmaydi.

“Barselona” vaziyatni hal qilish uchun mablagʻ toʻplashning turli usullarini, jumladan aktivlarni sotish va bitimlarni qayta koʻrib chiqishni oʻrganmoqda.

Klub “Barca Studios” ulushini sotishdan mablagʻ olishni umid qilgan edi, ammo toʻliq toʻlov hali amalga oshirilmadi. Klub menejerlari “Nike” bilan qoʻshimcha mablagʻ olish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda, ammo bu ham yetaricha “umidli mujda” emas.

Avvalroq, “Barselona” oʻrtoqlik kubogida “Monako”ga 0:3 hisobida yutqazgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер