Dam olish kunlari harorat +27 darajagacha pasayadi

19:32 17 Avgust 2024 Jamiyat
1219 0

Dam olish kunlari salqin havo Oʻzbekistonning barcha hududlariga tarqaladi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet agentligi.

Sinoptiklarga koʻra, shanba kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida, yakshanba kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining baʼzi joylarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.

Baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, bugun va ertaga yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan +33…+36 daraja boʻladi.

Yakshanba kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi. Harorat kechasi +19…+21 darajagacha, kunduzi +27…+29 darajagacha pasayadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 10−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер