“Andijon” klubi futbolchisi Milliy gvardiya xodimini urib, jarohat yetkazdi
Foto: Milliy gvardiya
Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida futbolchi Marlen Chobanov Milliy gvardiya xodimiga jarohat yetkazdi. Bu haqda Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yilning 11-avgust kuni Chilonzor tumani “Bunyodkor” stadionida “Bunyodkor” va “Andijon” jamoalari oʻrtasida futbol uchrashuvi boʻlib oʻtgan. Andijon futbol klubi aʼzosi Marlen Chobanov stadionning VIP boʻlimida oʻyinni tomosha qilgan.
Uchrashuv yakunlanganidan soʻng, soat 22:05 da futbolchi VIP boʻlimi orqali ichkariga kirishga uringan. Maxsus ruxsatnomaga (beydjik) ega boʻlmagan futbolchidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi uning qayerga ketayotganini, chiqish uchun boshqa yoʻlakdan foydalanishi zarurligini aytgan.
Boshqarmaning taʼkidlashicha, Chobanov harbiy xizmatchining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, xizmat faoliyatiga qarshilik koʻrsatib, uning yuz qismiga qoʻli bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring