Qurolli Kuchlar akademiyasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etildi (+fotoreportaj)

16:47 05 Noyabr 2025 Jamiyat
215 0

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-iyuldagi qaroriga asosan Qurolli Kuchlar akademiyasi isloh qilinib, uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etildi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Mazkur qaror bilan Mudofaa vazirligining barcha harbiy taʼlim muassasalari – 5 ta institut, Serjantlar tayyorlash oliy maktabi hamda Aviatsiya va uchuvchisiz uchish apparatlari mutaxassislarini tayyorlash markazi institut maqomida universitet tarkibiga oʻtkazildi. Bu esa, markazlashgan vertikal tizimni hosil qilib, qoʻshinlarning jangovar salohiyatini yanada oshirish, dual taʼlimni kengaytirish, ilmiy tadqiqotlarni amaliyotga tatbiq etish kabi maqsadlarni oʻz ichiga oldi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Yangiliklardan yana biri – tor doiradagi ixtisosliklar boʻyicha “2+2” tartibi yoʻlga qoʻyildi. Yaʼni, psixolog, aloqachi, taʼminotchi, omborchi kabi 18 xil yondosh soha mutaxassislari boshqa oliy taʼlim muassasalarining 2-bosqich talabalari orasidan saralab olinadi. Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, ushbu oʻquv yilidan boshlab, bitiruvchi bosqich kursantlari uchun tanlov asosida “Oliy Bosh Qoʻmondon” davlat stipendiyasi beriladi. Mazkur stipendiya sohibi bakalavriatni tamomlaganidan soʻng 5-yil mobaynida oliy harbiy taʼlim muassasalarining magistraturasiga imtihonlarsiz qabul qilinadi. Oliy harbiy taʼlim muassasalarining 36 ta taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari biryoʻla ikkita diplom – fuqarolik va harbiy kasbga moʻljallangan mutaxassislik egasi boʻladi. Bu ularning harbiy xizmatdan keyin ham faol ishlash imkonini beradi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Qurolli Kuchlar akademiyasini isloh qilish va uning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti tashkil etish jarayonida bir qator yangi kafedra va markazlar tashkil etildi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Universitet ichida 4 ta hamda okruglarda 6 ta okrug fakultetlar faoliyat yurita boshladi:

  • Harbiy xavfsizlik bosh shtabi fakulteti (magistratura);
  • Umumqoʻshin fakulteti (bakalavriat);
  • Umumqoʻshin fakulteti (bakalavriat) bitiruvchilariga leytenant harbiy unvoni, oliy maʼlumotli mutaxassis diplomi va haydovchilik guvohnomasi beriladi.
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Xorijiy harbiy kadrlarni tayyorlash fakulteti – 100 dan ortiq xorijliklar magistratura, bakalavriat, harbiy professor-oʻqituvchilar (doktorantura, mustaqil izlanuvchilar) malakasini oshirish kurslari, oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda tahsil oladi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Chegara faoliyati fakulteti

Umumqoʻshin fakulteti (bakalavriat)da quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha ofitserlar tayyorlanadi:

  • motooʻqchi va chegara boʻlinmalari komandiri;
  • tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar taktik qoʻmondonligi ofitserlari;
  • qoʻshinlar front orti taktik qoʻmondonligi;
  • Kimyo qoʻshinlari taktik qoʻmondonligi;
  • IIV qoʻshinlarining taktik qoʻmondonligi;
  • harbiy psixolog.
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Bugungi kunda universitetda bir qator xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan kursant va ofitserlar bakalavriat, magistratura va tayanch doktoranturada tahsil olmoqdalar, shuningdek xorijiy harbiy pedagog kadrlarni malakasini oshirish amalga oshirilmoqda.

Universitetning oʻquv-moddiy bazasi va oʻquv auditoriyalari eng soʻnggi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan zamonaviy trenajyorlar, laboratoriyalar, asbob-uskunalar va kompyuter texnikalari bilan jihozlangan.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Kursant va tinglovchilarning yashashi va dam olishi uchun shinam va koʻrkam yotoqxonalar, sport bilan shugʻullanishi uchun yopiq suv havzasi, sport zallari, shuningdek, madaniy hordiq markazi va oshxona zamon talablari asosida jihozlangan.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetida muhim sanalar, taniqli shaxslar va ijodkorlarning tavallud kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, uchrashuvlar, yoshlar bilan ochiq eshiklar kuni, xorijiy davlatlar harbiy delegatsiyalarining tashriflari tashkil etib boriladi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Tashkil etib borilayotgan mazkur tadbirlarni ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, davlat va nodavlat teleradiokanallari hamda ijtimoiy tarmoqlarda muntazam yoritib borilishini taʼminlash, ushbu tadbirlarga keng jamoatchilik vakillari bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlarni jalb qilib borish maqsadida 5-noyabr kuni press-tur va ochiq muloqot tadbirlari tashkil etildi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Shu kuni tadbir dasturiga muvofiq ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar dastlab “Rahbar va jurnalistlar” shiori ostidagi brifing uchrashuvda ishtirok etadilar. Uchrashuvdan soʻng mehmonlarga universitetda taʼlim, dam olish va sport bilan shugʻullanish uchun yaratilgan sharoitlar yaqindan tanishtiriladi hamda jurnalist va blogerlar oʻrtasida AK-7, PM-9 qurollaridan otish boʻyicha musobaqa tashkil etiladi. Musobaqa nihoyasida gʻolib va sovrindorlar qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanishi rejalashtirilgan. Universitetda tashkil etilgan ochiq muloqot tadbiri kursantlar oshxonasida tashkil etilgan tushlik tadbiri bilan yakunlanadi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Taʼkidlash lozimki, Universitetning asosiy vazifasi harbiy boʻlinmani boshqara oladigan Vatanga sadoqatli, yuksak intellektual salohiyat va tafakkurga ega boʻlgan komandirlar, murakkab taktik vaziyatlarda, tezkor va nostandart qaror qabul qila oladigan, mustaqillik gʻoyalariga sodiq, keng dunyoqarashli, oʻz Vatani va Qurolli Kuchlariga sodiq ofitser kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Ochiq muloqot ishtirokchilari, jurnalist va blogerlar bunga, yaʼni taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar va olib borilayotgan taʼlim jarayonlari bilan yaqindan tanishish hamda kursantlar bilan oʻzaro suhbat orqali yana bir amin boʻladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер