Bir oylik harbiy xizmat toʻlovi miqdori oshiriladi
Joriy yilning 1-oktyabrdan Oʻzbekistonda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori oshirilib, 1 million 155 ming soʻm etib belgilangan. Shu tufayli, ushbu sanadan boshlab bir oylik harbiy xizmat uchun toʻlov miqdori ham oshiriladi.
Qonunga koʻra, ushbu badal miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 7 barobariga teng, bu degani toʻlov miqdori hozirgi 7 million 350 ming soʻmdan 8 million 85 ming soʻmga oshadi.
Hukumat qaroriga muvofiq, safarbarlik chaqiruv rezervi safiga olingan shaxslar tomonidan pul badali xizmatga olingandan keyin tomonlarning kelishuvi asosida, 1-yil mobaynida biryoʻla yoki bosqichma-bosqich (boʻlib toʻlash orqali) amalga oshirilishi mumkin.
Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olingan shaxslar tomonidan toʻlangan pul badali Mudofaa vazirligining “Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisobraqamida jamlanadi.
Fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga 27 yoshga toʻlgunga qadar olinadi. Ular safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtash davrida oylik harbiy yigʻinlarni oʻtashga jalb etilishi, favqulodda vaziyatlar yoki Oʻzbekistonga qarshi harbiy tajovuz roʻy bergan taqdirda haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring