Mbappe “Real” uchun gol urgan oʻyinda UYEFA Superkubogiga ega chiqdi
“Real Madrid” soʻnggi anʼanaviy UYEFA Superkubogida Italiyaning “Atalanta” klubi ustidan ishonchli gʻalaba qozondi.
Birinchi boʻlimda zerikarli oʻyin boʻlgan boʻlsa-da, ikkinchi boʻlim “Real”ning ustunligida davom etdi. 59-daqiqada ajoyib “solo” yurishidan soʻng Vinisius Juniorning uzatmasini Valverde golga aylantirdi. 68-daqiqada esa “qaymoqranglilar” safida debyutini oʻtkazgan Kilian Mbappe dastlabki golini urdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishgʻol etilmadi va “Real” UYEFA Superkubogi sohibiga aylandi.
UYEFA Superkubogi
14-avgust, chorshanba
“Real” Ispaniya – “Atalanta” Italiya 2:0
Gollar: 1:0 – 59 Valverde, 2:0 – 68 Mbappe.
“Real Madrid”: Kurtua, Mendi, Ryudiger, Militao, Karvaxal (Vaskes, 88), Bellingem (Sebalyos, 88), Tchuameni, Valverde, Vinisius Junior (Arda, 88), Mbappe (Braim Dias, 83), Rodrigo (Modrich, 76).
“Atalanta”: Musso, Kolashinas (Bakker, 71), Xin, Jimshiti, Pashalich, Rujeri, Zappakosta (Godfri, 63), Ederson, de Ron, de Ketelare (Retegi, 63), Lukman.
Ogohlantirishlar: Ederson (9), Bellingem (35), Vinisius Junior (42), Jimshiti (64).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring