Actual

Rosselxoznadzor Oʻzbekistondan olib kelingan pomidorlarda yana virus aniqladi

Rosselxoznadzor Toshkent viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kelish boʻyicha vaqtinchalik cheklov joriy qildi. Choralar 22-iyuldan kuchga kiradi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.

09:21 21 Iyul 2021
Oʻzbekistonda restoran va oshxonalar «dostavka» xizmati faoliyatiga qoʻshimcha cheklovlar oʻrnatildi

Xabaringiz bor, yaqinda tegishli sohaga masʼul tashkilotlar taklifiga koʻra, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan joriy yil 20-iyuldan boshlab, yurtimizdagi umumiy ovqatlanish obyektlari – restoran, kafe, oshxona va choyxonalarni soat 8:00 dan 20:00 gacha faqatgina ochiq havoda ishlashiga (mehmonxonalarda tashkil etilgan...

22:53 19 Iyul 2021
Murod Xontoʻrayev bilan sodir boʻlgan YTH yuzasidan qoʻshimcha maʻlumot berildi

Joriy yilning 19-iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani hududidan oʻtuvchi 4R-12 avtomobil yoʻlining 68-kilometrida bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan “Lacetti“ hamda ”BMW X5” rusumli avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Toʻqnashuv oqibatida ”BMW X5" rusumli avtomobil yoʻldan chiqib ketib...

14:02 19 Iyul 2021
Oʻzbekistonlik MMA jangchisi Murod Xontoʻrayev avtohalokatga uchrab, vafot etdi

19-iyul kuni oʻzbekistonlik MMA jangichisi, Oʻzbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Murod Xontoʻrayev Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB axborot xizmati rahbari Bobur Toʻlaganov xabar berdi.

13:25 19 Iyul 2021
Oʻzbekistonning doimiy aholisi qariyb 34,9 millionga yetdi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 34 860 170 kishini tashkil etmoqda.

12:34 19 Iyul 2021
“UzAuto Motors” yangi avtomobil modellarini ishlab chiqaradi. Asakadagi zavodga 500ga yaqin xorijiy mutaxassislar jalb qilindi

“UzAuto Motors” kompaniyasida boshqaruv va ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich oʻzgartirish ishlari doirasida, yagona platformadagi yangi avtomobil modellarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. Bu haqda tashkilot axborot xizmati xabar bermoqda.

03:43 19 Iyul 2021
Buxorodagi yetti tarixiy manzil islom olami roʻyxatidan joy oldi

Buxorodagi yetti tarixiy manzil islom olami roʻyxatidan joy oldi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi.

03:35 19 Iyul 2021
2021-2022-oʻquv yili uchun qancha abituriyent roʻyxatdan oʻtgani haqida maʼlumot berildi

DTM 2021-2022-oʻquv yili uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni haqida maʼlumot berdi.

20:36 18 Iyul 2021
Tokio-2020: Oksana Chusovitina va Bobo-Usmon Baturov Oʻzbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari boʻlishi maʼlum qilindi

Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida mamlakatlar paradi koʻpchilikning diqqat-markazida boʻladigan eng asosiy jarayonlardan biri. Unda koʻpchilikning diqqat-eʼtibori qaysi atlet delegatsiya bayrogʻini koʻtarib chiqishiga qaratiladi. Milliy olimpiya qoʻmitasi Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida delegatsiyamiz bayroqdorlarini maʼlum qildi.

01:43 18 Iyul 2021
Samarqandda fuqaro farzandini davolashga kelmagan navbatchi shifokorlarni kaltakladi

Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida shifokorning kaltaklanishiga oid holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

01:25 18 Iyul 2021
Oʻzbekistonda qonunga xilof ravishda eng koʻp foydalaniladigan firma nomlari maʼlum qilindi

"Bugungi texnologik taraqqiyotda intellektual mulk har bir davlat iqtisodiyoti rivojida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada mustahkam himoya tizimining mavjudligi ilmiy tadqiqotlarni ragʻbatlantirish, iqtisodiyot, innovatsiyalar, madaniyat, adabiyot va sanʼatni rivojlantirish, fan-texnika yutuqlarini amaliyotga samarali tatbiq etish, pirovardida mamlakatning iqtisodiy va...

20:50 17 Iyul 2021
Jizzaxlik fuqaro dala shiyponida xotinini qasddan pichoqladi

Mirzachoʻl tumanida fuqaro I.U spirtli ichimlik taʼsirida mast holatda 2021-yil 12-iyul kuni soat 13:00 larda tumandagi fermer xoʻjaliklarining biriga qarashli dala shiyponi yotoqxonasiga borgan. U shu manzilda ota-onasi bilan birga yashayotgan turmush oʻrtogʻi T.P.ni qasddan oʻldirish maqsadida oʻzi bilan oshxona...

20:29 16 Iyul 2021
Xitoy "COVID-19"ga qarshi vaksina olmagan odamlarga cheklovlar joriy qilmoqchi 

Mahalliy hokimiyatlarining emlash tezligini oshirishga boʻlgan bu intilishi Xitoy kommunistik partiyasining 2021-yilning dekabr oyiga qadar mamlakatda ommaviy immunitetni shakllantirishga erishish talabi bilan bogʻliq.

20:22 16 Iyul 2021
OʻzMU, TDPU, NamDU... Abituriyentlar eng koʻp roʻyxatdan oʻtgan OTMlari haqida maʼlumot berildi

DTM bugun, 15-iyul 18:00 holatiga koʻra 2021-2022-oʻquv yili uchun roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar soni haqida maʼlumot berdi.

19:40 15 Iyul 2021
Moskvada chet el fuqarolari koronavirusga qarshi emlanayotgan punktlarning manzillari maʼlum qilindi

Moskva shahridagi chet el fuqarolariga vaksina qilish punktlari haqida maʼlumot berildi. Ular:

14:14 15 Iyul 2021
“Sattoriy ishi”ga nuqta qoʻyildi

Xabaringiz bor, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy shu yil 10-mayda Muzrabot tumani sudi tomonidan tuhmat va tovlamachilik moddalari bilan aybdor deb topilib, 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi

11:26 15 Iyul 2021
JSST «COVID-19»ga qarshi vaksinalar borasida jiddiy bayonot bilan chiqdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) fuqarolarni «COVID-19»ga qarshi turli xil vaksinalarni olish borasida mustaqil qaror qabul qilmaslikka chaqirdi. 

01:20 14 Iyul 2021
Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida Prezident Qarori eʼlon qilindi

Qarorga muvofiq, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 2021-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 20-iyul – seshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda 2021-yil 20-iyul kuni Qurbon hayiti bayrami etib belgilandi

19:53 13 Iyul 2021
JSST xavotirda — dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat yana yomonlashmoqda

Koronavirusning “Hindcha” shtammi allaqachon 104 mamlakatga tarqalgan va bu holat tez orada dunyoda vaziyatning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. 

22:29 12 Iyul 2021
Toshkentdan Olmaotaga uchayotgan samolyot noqulay ob-havo sabab ortga qaytarildi

Uzbekistan Airwaysʻning maʼlum qilishicha, HY-763 reysi boʻyicha Toshkent—Olmaota yoʻnalishida parvozni amalga oshirayotgan Airbus 320 samolyoti Qozogʻiston hududida ob-havo sharoitining keskin oʻzgarishi sabab Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qaytgan.

21:40 12 Iyul 2021