Jizzaxlik fuqaro dala shiyponida xotinini qasddan pichoqladi
Mirzachoʻl tumanida fuqaro I.U spirtli ichimlik taʼsirida mast holatda 2021-yil 12-iyul kuni soat 13:00 larda tumandagi fermer xoʻjaliklarining biriga qarashli dala shiyponi yotoqxonasiga borgan. U shu manzilda ota-onasi bilan birga yashayotgan turmush oʻrtogʻi T.P.ni qasddan oʻldirish maqsadida oʻzi bilan oshxona pichogʻi olib kelgan.
Shundan soʻng pichoq bilan rafiqasining chap oʻrta qoʻltiq koʻkrak qafasiga ikki marta, chap yelka sohasiga ikki marta va chap bilak sohasiga bir marta urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda T.P tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzachoʻl tuman prokuraturasi tomonidan I.Uga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yigʻilishda, viloyat prokurorining birinchi oʻrinbosari S.Bazarov tomonidan mazkur jinoyatning kelib chiqishiga sabab boʻlgan shart-sharoitlarga batafsil toʻxtalib, hududda jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring