“Sattoriy ishi”ga nuqta qoʻyildi
Xabaringiz bor, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy shu yil 10-mayda Muzrabot tumani sudi tomonidan tuhmat va tovlamachilik moddalari bilan aybdor deb topilib, 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.
Sudgacha Sattoriy nohaq ayblangani haqida koʻplab mulohazalar bildirildi.
Sattoriy ishi boʻyicha apellyatsiya shikoyati berilgani va sud jarayoni boshlangani haqida xabar bergan edik.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat ishlari boʻyicha Muzrabot tumani sudining 2021-yil 10-maydagi hukmiga nisbatan O.Sattoriy va uning himoyachisi tomonidan bergan apellyatsiya shikoyati Samarqand viloyati sudining ish yurituviga joriy yilning 16-iyun kuni tushgan.
2021-yil 29-iyun kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahar sudi binosida sudlanuvchi O.Sattoriyga nisbatan jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasida koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud majlisi boshlangan.
Jabrlanuvchilar T.Shopoʻlatov va Oʻ.Turdiyevning himoyachisi “Surxon Adolat ximoyasi” advokatlik byurosi advokati S. Mamatqulovaning sogʻligi yomonlashganligi hamda sudlanuvchining himoyachisi Toshkent shahar “Adolat sari” advokatlik byurosi advokati Sh.Xolmurodov ishga yangidan kirishganligi sababli jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishish, sud muhokamasiga tayyorgarlik koʻrish uchun zarur vaqt berilishiga oid iltimoslari koʻrib chiqilib, keyingi sud majlisi 2021-yil 30-iyun kuni soat 10:00 ga qoldirilgan edi.
Mazkur appelyatsiya sudi jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyati sudi sudyalari tomonidan olib borilib, sud muhokamasida jabrlanuvchilar T.Shopoʻlatov, N.Norboyeva va M.Ahmedovalarning koʻrsatmalari tinglanib yakunda sud majlisi davom ettirilishi maʼlum qilindi.
Bugun - 15-iyul kuni O.Sattoriyga nisbatan apellyatsiya sud hukmi eʼlon qilindi.
Sud hukmiga koʻra, Maʼrifat mahallasida joylashgan sotib olingan uylar sudlanuvchiga qaytarildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Muzrabot tuman sudi tomonidan qabul qilingan hukmning boshqa qismlari esa oʻzgarishsiz qoldirildi.
Otabek Sattoriyga berilgan 6 yilu 6 oy jazo muddati oʻzgarishsiz qoldirildi. Jazo oʻtash muddati 2021-yil 30-yanvar kunidan hisoblanishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring