Bir yil ichida xakerlar butun dunyo boʻylab 3 milliard dollardan ortiq kriptovalyutani oʻgʻirladi
RBC xabariga koʻra, Chainalysis kompaniyasining hisobotida 2025-yilda butun dunyo boʻylab xakerlik hujumlari oqibatida yetkazilgan jami zarar 3,4 milliard AQSH dollaridan oshgani qayd etilgan.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, tasdiqlangan hujumlar soni kamaygan boʻlsada, ularning moliyaviy zarari ortgan. Xususan, KXDR (Shimoliy Koreya) bilan bogʻliq xakerlik guruhlari bir yil davomida 2,02 milliard dollarlik kriptovalyutani oʻgʻirlab, oʻtgan yilga nisbatan koʻrsatkichni 51 foizga oshirgan. Bu kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori natija hisoblanadi.
Maʼlumotlarga koʻra, oʻgʻirlangan mablagʻlarning katta qismi markazlashgan platformalar hissasiga toʻgʻri kelgan. Bunday holatlarda xakerlar foydalanuvchilarning maxfiy (private) kalitlariga ega boʻlgan. Yilning birinchi choragida aynan shu turdagi hujumlar jami yoʻqotishlarning 88 foizini tashkil etgan.
Shuningdek, mutaxassislar 158 mingta shaxsiy kriptohamyon buzilishi holatini qayd etgan boʻlib, ularning umumiy zarari 713 million dollarni tashkil qilgan. Taqqoslash uchun, oʻtgan yili bu koʻrsatkich 1,5 milliard dollar boʻlgan. Jabrlangan foydalanuvchilar soni 80 mingdan ortiq.
Hisobotda aytilishicha, oʻgʻirlangan mablagʻlarni legallashtirish (pul yuvish) jarayoni koʻpincha xitoy tilida faoliyat yurituvchi OTC-servislar, kriptokoʻpriklar (bridges) va mikserlar orqali amalga oshirilgan. Yirik oʻgʻirliklardan soʻng mablagʻlarni naqdlashtirishning oʻrtacha sikli 45 kunni tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring