Murod Xontoʻrayev bilan sodir boʻlgan YTH yuzasidan qoʻshimcha maʻlumot berildi
Avvalroq, Oʻzbekistonlik MMA jangchisi Murod Xontoʻrayev avtohalokatga uchrab, vafot etgani haqida xabar bergan edik. IIV YHXBB axborot xizmati yoʻl-transport mazkur hodisaga oid qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 19-iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani hududidan oʻtuvchi 4R-12 avtomobil yoʻlining 68-kilometrida bir yoʻnalishda harakatlanib ketayotgan “Lacetti“ hamda ”BMW X5“ rusumli avtomobillar ishtirokida toʻqnashuv sodir boʻlgan. Toʻqnashuv oqibatida ”BMW X5" rusumli avtomobil yoʻldan chiqib ketib agʻdarilgan.
Natijada, “BMW X5” rusumli avtomobil haydovchisi, 1987-yilda tugʻilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yoʻlovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Boʻstonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring