Tokio-2020: Oksana Chusovitina va Bobo-Usmon Baturov Oʻzbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari boʻlishi maʼlum qilindi
Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida mamlakatlar paradi koʻpchilikning diqqat-markazida boʻladigan eng asosiy jarayonlardan biri. Unda koʻpchilikning diqqat-eʼtibori qaysi atlet delegatsiya bayrogʻini koʻtarib chiqishiga qaratiladi. Milliy olimpiya qoʻmitasi Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida delegatsiyamiz bayroqdorlarini maʼlum qildi.
Qayd qilinishicha, marosimda afsonaviy gimnastikachimiz Oksana Chusovitina va bokschimiz Bobo-Usmon Baturov Oʻzbekiston delegatsiyasining bayroqdorlari boʻlishadi. Qayd etish joiz, Oksana Chusovitina yozgi Olimpiya oʻyinlarida bayroqdor boʻlgan dastlabki ayol atletimiz sifatida tarixdan joy olmoqda.
Oksana Chusovitina Barselona-1992 Olimpiya oʻyinlari chempioni, uch karra jahon chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, qatorasiga yettita yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan yer yuzidagi yagona ayol gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan. Demak, Tokiodagi ochilish marosimda oʻzining sakkizinchi Olimpiadasiga tayyorgarlik koʻrayotgan, allaqachon dunyo gimnastikasi afsonasiga aylangan hamyurtimiz, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi, “Oʻzbekiston iftixori” faxriy unvoni egasi Oksana Chusovitina mamlakatimiz sport delegatsiyasini hur diyorimiz bayrogʻini sarbaland koʻtargan holda XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining bosh arenasiga boshlab tushadi. Unga esa boks boʻyicha Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, jahon chempionati sovrindori, “Kelajak bunyodkori” medali sohibi Bobo-Usmon Baturov hamrohlik qiladi.
Ochilish marosimining ssenariysiga koʻra, barcha davlatlardan 1 nafardan erkak va ayol sportchilar bayroqdor boʻlib chiqishadi. Bu Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi tomonidan targʻib qilinayotgan gender tenglik siyosatining amalda tatbiq etilishidir. Eslatib oʻtamiz, XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi 23-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Tokiodagi “Olimpiya” stadionida boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
- Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasidagi uzoq yildan beri yopiq turgan nazorat-oʻtkazish punkti ochiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring