Eron TIV: Tehronda AQSH va Isroilning namoyishlarga aloqadorligi boʻyicha dalillar mavjud

09:48 13 Yanvar 2026 Dunyo
290 0

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Tehron AQSH va Isroilning mamlakatdagi norozilik namoyishlariga aloqadorligini tasdiqlovchi koʻplab dalillarga ega ekanini maʼlum qildi. Bu haqda Iran International nashri xabar bermoqda.

“Bizda AQSH va Isroilning soʻnggi kunlarda Eronda sodir etilgan terroristik harakatlarda ishtirok etganini tasdiqlovchi koʻplab hujjatlar va dalillar bor”, — dedi Aroqchi.

Vazirning taʼkidlashicha, aybdor shaxslar albatta javobgarlikka tortiladi. Aroqchi, shuningdek, Eron hokimiyati mamlakatdagi norozilik namoyishlari bilan bogʻliq vaziyatni allaqachon toʻliq nazorat ostiga olganini bildirdi.

Eron TIV rahbari, AQSHning sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo ham “Mossad” agentlari isyonchilar bilan birgalikda ushbu terroristik harakatlarga rahbarlik qilganini tan olganini aytganini qoʻshimcha qildi.

“Biz bu masalani tergov qilamiz va oʻz bayonotlari orqali qurbonlar soni ortishiga sabab boʻlgan shaxslar mazkur voqealar uchun javobgar boʻladi”, — deya taʼkidladi u.

Eslatib oʻtamiz, Erondagi norozilik namoyishlari 2025-yil dekabr oyi oxirida mamlakatdagi chuqur iqtisodiy inqiroz fonida avj olgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?